uzÀ++ Ajoyib moliyaviy ishonchlilik
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya boshqa milliy sug'urta kompaniyalari bilan taqqoslaganda moliyaviy barqarorlik va sug'urta faoliyatining yuqori natijalari bilan ifodolanagan ijobiy istiqbollarga ega va ishonchlilikning nihoyatda yuqori darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Bunday kompaniyaning ham joriy, ham sug'urta faoliyati davomida kelib chiquvchi o'zining moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajara olishi bir qator nihoyatda yuqori ijobiy omillar bilan qo'llab-quvvatlanadi. Istiqbolda sug'urta kompaniyasi o'z sug'urta majburiyatlarini hatto noqulay makroiqtisodiy va bozor omillari yuzaga kelganda ham o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarishni davom ettiradi.
uzÀ+ Juda yuqori moliyaviy ishonchli
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya boshqa milliy sug'urta kompaniyalari bilan taqqoslaganda moliyaviy barqarorlik va sug'urta faoliyatining yuqori natijalari bilan ifodolangan barqaror istiqbollarga ega va ishonchlilikning yuqori darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Bunday kompaniyaning ham joriy, ham sug'urta faoliyati davomida kelib chiquvchi o'zining moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajara olishi bir qator yuqori ijobiy omillar bilan qo'llab-quvvatlanadi. Sug'urta kompaniyasi o'z sug'urta majburiyatlarini hatto noqulay makroiqtisodiy va bozor omillari yuzaga kelganda ham o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarishni davom ettirishini ishonch bilan aytish mumkin.
uzÀ Yuqori moliyaviy ishonchli
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya boshqa milliy sug'urta kompaniyalari bilan taqqoslaganda moliyaviy barqarorlik va sug'urta faoliyati ko'rsatkichlarining yetarlicha ijobiy natijalari bilan ifodolanagan ishonchlilikning yuqori darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniya istiqbolda ham joriy, ham sug'urta faoliyati davomida kelib chiquvchi o'zining moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajara olishini ishonch bilan aytish mumkin. Biroq, katta sug'urta to'lovlarini to'lashni talab qiluvchi majburiyatlarni bajarish yetarli darajada makroiqtisodiy va bzoor omillariga bog'liq.
uzÂ++ Yetarli darajada moliyaviy ishonchli
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya ijobiy istiqbollarga ega yetarli darajada ishonchli kompaniya hisoblanadi. Kompaniya boshqa sug'urta kompaniyalariga nisbatan qisqa muddat ichida o'zining moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarishga qodir. Biroq tijorat, moliya va iqtisodiy sharoitlarda noqulay o'zgarishlar sug'urtalovchi faoliyatiga ta'sir qiladi. Kompaniya makroiqtisodiy va bozor omillari barqaror bo'lgan taqdirda sug'urta shartnomalari bo'yicha katta sug'urta to'lovlarini talab qiluvchi majburiyatlarni bajara oladi.
uzÂ+ Maqbul darajada moliyaviy ishonchli
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya barcha joriy majburiyatlarni, shuningdek sug'urta faoliyati davomida kelib chiquvchi unchalik katta bo'lmagan va o'rtacha majburiyatlarni o'z vaqtida bajara oladigan barqaror istiqbollarga ega maqbul darajadagi moliyaviy ishonchli kompaniya hisoblanadi. Katta sug'urta to'lovlarini ta'lab qiluvchi majburiyatlar kelib chiqqanda moliyaviy qiyinchiliklar yuz berishi mumkin. O'rtacha muddatli istiqbolda kompaniya makroiqtisodiy va bozor omillari barqaror bo'lgan taqdirda sug'urta shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishini oshirish uchun salohiyatga ega.
uz Qoniqarli moliyaviy ishonchli
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya uzB+ reytingiga ega sug'urta kompaniyalariga nisbatan kamroq pul to'lash qobiliyatini aks ettiruvchi moliyaviy ishonchlilikning qoniqarli darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniya katta bo'lmagan va o'rtacha moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajaradi. Biroq noqulay iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar yuz berganda, shuningdek katta sug'urta to'lovlarini talab qiluvchi majburiyatlar kelib chiqqanda kompaniya moliyaviy qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. O'rtacha muddatli istiqbolda shartnomalar bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi ko'p jihatdan makroiqtisodiy va bozor ko'rsatkichlarining barqarorligiga bog'liq.
uzÑ++ Moliyaviy ishonchlilikning past darajasi
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya joriy moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajara olishi bilan ifodalanuvchi ijobiy istiqbollarga ega va ishonchlilikning yo'l qo'yilgan darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Biroq kompaniya katta sug'urta to'lovlarini talab qiluvchi majburiyatlar kelib chiqqanda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Kompaniya qisqa muddatda makroiqtisodiy va bozor ko'rsatkichlarining barqarorligiga qarab shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni bajara oladi. Qisqa muddatli istiqbolda makroiqtisodiy va bozor ko'rsatkichlari barqaror bo'lganda kompaniya shartnomalar bo'yicha o'z majburiyatlarining bajarilishini oshirish imkoniyatiga ega.
uzÑ+ Moliyaviy ishonchlilikning juda past darajasi
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya barqaror istiqbollarga ega va moliyaviy ishonchlilikning past darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniy joriy moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajara oladi. Kompaniya katta sug'urta to'lovlarini talab qiluvchi faoliyat mobaynida kelib chiqqan moliyaviy majburiyatlarni bajara olmasligi mumkin. Istiqbolda makroiqtisodiy va bozor ko'rsatkichlari barqaror bo'lganda kompaniya shartnomalar bo'yicha o'z majburiyatlarining bajarilishini oshirish uchun salohiyatga ega.
uzÑ Juda nobarqaror moliyaviy ishonchlilik
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya ishonchlilikning past darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kompaniya joriy moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishni ta'minlaydi. Kompaniya katta sug'urta to'lovlarini talab qiluvchi faoliyat mobaynida kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajara olmasligi ehtimoli katta.
uzD Moliyaviy ishonchlilikning qoniqarsiz darajasi
Ushbu darajadagi reyting berilgan kompaniya ishonchlilikning qoniqarsiz darajasiga ega kompaniya hisoblanadi. Joriy moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida to'lay olmaydi, yoxud kompaniya sug'urta faoliyati mobaynida kelib chiqqan moliyaviy majburiyatlarni bajara olmasligi ehtimoli katta.