A
A B V G D E J Z I K L M N O P R S T U F X Ch Sh Yu Ya O' Q G' H
ANDERRAYTER (UNDERWRITER)
ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sug'urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sug'urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug'urtalashga (qayta sugurtalashga) qabul qilish, tarif stavkalarni va sug'urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug'urta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxs. Anderrayter kompaniyaning sug'urta (qayta sug'urta) portfelini shakllantrishga mas'ul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sug'urta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bo'lishi shart.