UzReport Insurance - Sug'urta - O'zbekiston yangiliklari: sug'urta kompaniyalar reytingi, sug'urta bozori

русский english o'zbekcha

O'zbekiston
Intervyu
Tahlil
Professional ishtirokchilar
Sug'urta kompaniyalari
Qayta sug'urtalovchi kompaniyalar
Sug'urta brokerlari
Assistans hizmatlari
Uyushmalar
Aktuariy
Adjasterlar
Sug'urta xizmatlari
Regionlar
Tasnifchilar
Kompaniyalar reytingi
Reyting hisobotlari
SAIPRO reyting faoliyati
Reyting metodikasi
Milliy shkala
Ma'lumotlar
Yillik hisobotlar
Reestr
Sug'urta kompaniyalari
FJMS bo'yicha Fond
Me'yoriy hujjatlar
FJMS kal'kulyatori
Qonunchilik
Qonunlar
Qarorlar
Boshqalar
Sug'urta terminlari lug'ati
Tashkent International Insurance Forum
Ishtirok etish uchun ariza 2011
"Oltin soyabon"
Qoida
Nominatsiya
Tashkiliy qo'mita
Ekspert kengashi
G'oliblar
2010 yil g'oliblari
2009 yil g'oliblari
2008 yil g'oliblari
2007 yil g'oliblari
FJMS
Video arhiv


Reyting metodikasi  
Mustaqil ekspertlar tomonidan sug'urta kompaniyasining moliyaviy holatini kompleks baholash sifatida reyting "narxsiz raqobat"ning asosiy elementlaridan biriga aylandi. Reyting mavjudligi va uning darajasi uning faoliyati ochiq-oshkoraligini isbotlagan holda sug'urtalovchi faoliyatini ajtarib turadi. Sug'urta kompaniyalari faoliyatini ifodalovchi ko'plab ko'rsatkichlar mavjud. Ko'rsatkichlarni tanlash reytingni tuzish maqsadlariga bog'liq. Mazkur holatda sug'urta kompaniyasining ishonchlilik reytingini tuzish vazifasi ko'rib chiqilmoqda.

Bizning hisob-kitob metodikamizda ko'rsatkichlar sug'urtalovchi faoliyatining alohida tomonlarini ifodalovchi quyidagi ikkita guruhga bo'lingan: sug'urta faoliyati va moliyaviy ko'rsatichlar. Ya'ni, kompaniya faoliyatining samaradorligi ikki yo'nalish bo'yicha baholanadi. Birinchidan, sug'urta operatsiyalari samaradorligi tahlil qilinadi, ikkinchidan, kompaniya faoliyatining umumiy samaradorligi, shu jumladan kompaniyaning bugungi holatiga uning investitsiya va boshqa daromadlari va xarajatlari ta'siri tahlil qilinadi.

Mazkur hisob-kitob usuli mutaxassislarga bo'lg'usi sug'urtalovchilarga sug'urta ishida sug'urta kompaniyasini alohida moliyaviy-barqaror va/yoki muvaffaqiyatli kompaniya deb hisoblash imkonini beradi.

Sug'urta kompaniyalari faoliyatining moliyaviy ko'rsatkichlari

Kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilishda kompaniya faoliyatining quyidagi ikkita asosiy jihati ajratib olinadi: sug'urta kompaniyasining to'lov qobiliyati va uning moliyaviy barqarorligi.

To'lov qobiliyati – sug'urtalovchining o'z moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajara olish qobiliyati.

Moliyaviy barqarorlik (ishonchlilik) – kompaniyaning uning faoliyatiga noqulay ichki va tashqi ta'sirlar o'tkazilganda ma'lum vaqt davomida to'laov qobiliyatining mavjud darajasini saqlab qolish imkoniyati.

Bunda tahlilchilar ham miqdor jihatidan, ham sifat jihatidan ko'rsatkichlarni amalga oshiradi. Mutlaq ko'rsatkichlarni gorizantal (dinamik ko'rsatkichlar) va vertikal (maqolalarni loyihaviy tahlil qilish) tahlil qilish, shuningdek nisbatlarni hisob-kitob qilish asosiy vositalar sifatida qo'llanadi.

Sug'urta kompaniyalari moliyaviy holatining turli tomonlarini ifodalovchi moliyaviy ko'rsatkichlar quyidagi guruhlarga bo'lingan:

Ishonchlilik ko'rsatkichlari. Mavjud pul mablag'lari va/yoki aktivlarni sotish hisobiga sug'urta kompaniyasi tomonidan majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash qobiliyatini ifodalaydi. Uni ifodalash uchun asosan shoshilinch va joriy ishonchlilik koeffitsientlaridan foydalaniladi.

Moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari (kapital tuzilmasi). Kompaniyani moliyalashtirish manbalarida xususiy va qarz mablag'lari nisbatini aks ettiradi, ya'ni kompaniyaning moliyaviy mustaqillik darajasini ifodalaydi. Bu korxona barqarorligining muhim xususiyati hisoblanadi. Uni ifodalash uchun asosan to'lov qobiliyati va moliyaviy mustaqillik koeffitsientlaridan foydalaniladi.

Rentabellik ko'rsatkichlari. Sug'urta kompaniyasi faoliyatining foydaliligini namoyon etadi. Uni ifodalash uchun asosan sug'urta faoliyati rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi, aktivlar rentabelligi, xarajatlar rentabelligi, investitsiyalar rentabelligi koeffitsientlaridan foydalaniladi.

Tadbirkorlik faolligi ko'rsatkichlari. Tadbirkorlik faolligi tadbirkrolik faoliyatining va resurslardan foydalanish samaradorligining kompleks va dinamik xususiyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faolligini tahlil qilish ahamiyati tashkilot resurslaridan foydalanishning samaradorligi va intensivligini iqtisodiy asoslangan holda baholashni shakllantirishdan va ularni oshirish zaxiralarini aniqlashdan iborat. Tadbirkorlik faolligi sifat va miqdor ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi.

Quyidagilar sifat mezonlari hisoblanadi: sotish bozorlarining kengligi (ham ichki, ham tashqi), kompaniya va uning mijozlari tadbirkorlik nufuzi, raqobatbardoshlik va hokazo. Quyidagi ikki yo'nalish bo'yicha miqdoriy baho beriladi: kompaniya faoliyatining mutlaq ko'rsatkichlari o'sishi sur'atlari dinamikasi va nisbatini o'rganish va kompaniya mablag'laridan foydalanishning samaradorligi darajasini ifodalovchi nisbat ko'rsatkichlari ahamiyati va dinamikasini o'rganish.

Investitsiya portfelining sifati. Mazkur sohada sug'urtalovchining investitsiya strategiyasi uning passivlari tuzilmasiga qanchalik mos kelishini, shuningdek investitsiya daromadlarining kopaniya daromadliligining umumiy darajasiga ta'siri darajasini aniqlash juda muhimdir. Kompaniya investitsiyalari sifatini tahlil qilish davomida quyidagi muhim omillar ko'rib chiqiladi: investitsiya aktivlarini diversifikatsiya qilish, investitsiya aktivlari sifati, aktivlarni taqsimlash strategiyasi, investitsiyalarning daromadliligi va hokazolar.

Sug'urta faoliyati ko'rsatkichlari

Mazkur bo'limda sug'urta kompaniyasi asosiy faoliyatining samaradorligi, tanlangan taraqqiyot strategiyasini amaliy jihatdan amalga oshirish qobiliyati, kompaniyaning tadbirkorlik salohiyati, soha xatarlarining kompaniya faoliyatiga ta'siri darajasini baholash ko'rib chiqiladi va baholanadi. O'zining kuchli tomonlaridan mumkin qadar foydalanish va o'zining zaif tomonlarini bartaraf etish uning joriy faoliyatida mujassamlashadi. Sug'urta kompaniyalari asosiy faoliyatini tahlil qilishda quyidagi omillar ko'rib chiqiladi:

Sug'urta operatsiyalari samaradorligi. Quyidagilar sug'urta operatsiyalari samaradorligini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar qatotiga kiradi: sug'urta zaxiralari bilan ta'minlanganlik, sug'urta to'lovlari koeffitsienti, sug'urta mukofotlari va majburiyatlari o'sishi, sug'urta portfelining balansligi, qayta sug'urta qilish operatsiyalarining samaradorligi, sug'urtaning tuziladigan shartnomalari dinamikasi, ko'rsatiladigan xizmatlarni diversifikatsiya qilish, kompaniyaning tarif siyosati, ish yuritish koeffitsientlari va hokazolar.

Soha xatarlari. Soha xatarlari kompaniya faoliyat olib boruvchi ish muhiti holatining aksi hisoblanadi. Sug'urta faoliyatining soha xatarlarini bo'yicha baholashda quyidagi muhim omillar ko'rib chiqiladi: sug'urta bozorining holati, bozor konyunkturalarining o'zgaruvchanligi, raqobat darajasi, qonunchilik bazasi va biznes yuritish qoidalarining barqarorligi, kompaniya faoliyatining kuchli va zaif tomonlari, kompaniyaning yuridik va funksional tashkiloti, kompaniya egallab turgan bozor ulushi va asosiy sohalar bo'yicha bo'lib tashlagan holda kompaniyaning bozordagi ulushi ba hokazolar.

Kompaniya menejmenti samaradorligi. Menejment samaradorligini baholash kompaniyani boshqarishni va uni rivojlantirish strategiyasini baholashni nazarda tutadi. Oliy rahbariyatning sifati va ishonchliligi kompaniya muvaffaqiyat qozonishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek bunda samarali tijorat faoliyatini olib borishga qodir tayyorgarlikka ega malakali operatsion xodimlarning borligi muhim rol o'ynaydi. Tahlil jarayonida quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi: kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishi, rahbariyatning tadbirkrolik sifati va kompaniya faoliyatini tezkor nazorat qilish tizimi, moliyaviy strategiya, korporativ rejalashtirish tartibi, kompaniyaning malakali xodimlari, Mintaqaviy siyosat va filiallar faoliyati ustidan nazorat xususiyati, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va hokazo.

"SAIPRO" kompaniyasining reyting berish tartib-qoidasi

Sug'urta kompaniyasining ishoncnhlilik reytingi kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida, shuningdek "SAIPRO" ishonchli deb lozim topgan ochiq manbalardan olingan ma'lumotlar asosida beriladi.

Har qanday holatda ham sug'urta kompaniyasining ishonchlilik reytingi uning uchun yetarli miqdorda axborot bo'lgandagina beriladi.

Quyidagi ma'lumotlar manbalari reyting baholash uchun tanlab olinadi:

Moliyaviy hisob-kitob shakllari: bixgalterlik balansi, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot;

"Alohida xatarlar bo'yicha majburiyatlarning yo'l qo'yilgan miqdorini, sug'urtalovchilarning pul to'lash qobiliyati majburiyatlari va normativlarining umumiy miqdorini belgilash tartibi to'g'risida"gi (2006 yil 6 mayda davlat tomonidan ro'yxatga olingan) Nizomga muvofiq hisob-kitoblar:

- sug'urta kompaniyasining xususiy ushlab qolishlari va qayta sug'urtalash bo'yicha hisob-kitoblar (qayta sug'urta operatsiyalari bo'yicha Talablarga qilingan Ilova);

- sug'urta kompaniyasi aktivlari mablag'larini tarqatish to'g'risida ma'lumot (2-sonli Ilova);

- sug'urta kompaniyasi aktivlari normativ miqdorining hisob-kitobi (3/4-sonli Ilova);

"Sug'urtalovchilar tomonidan sug'urta zaxiralarini hosil qilish va tarqatish tartibi va shartlari to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ma'lumotlar (2006 yil 6 mayda davlat tomonidan ro'yxatga olingan):

- sug'urta zaxiralarining umumiy kattaligi to'g'risida ma'lumot (1-sonli Ilova);

- aktivlar tarkibi to'g'risida ma'lumot (2-sonli Ilova).

Kompaniya faoliyati to'g'risida to'liq va batafsil axborot keltiriladigan "SAIPRO" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan buyurtmanoma-blanki.

Reyting berish tartib-qoidasining asosiy bosqichlari

Reyting olish uchun sug'urta kompaniyasining murojaati. Mazkur bosqichda reyting baholashni o'tkazish uchun shartnoma imzolanadi va reyting olish tartub-qoidasi va keyingi hamkorlikning asosiy nuqtai nazarlari bilan bog'liq barcha masalalar muvofiqlashtiriladi.

Axborot to'plash va tahlil qilish. Tahlil qilish uchun barcha zarur axborot to'planishini ta'minlash uchun sug'urta kompaniyasi shartnomada ko'rsatiladigan zarur axborot ro'yxatini keltiradi. Bunda tahlilchilar vazitarni oydinlashtirish uchun qo'shimcha axborotlarni so'rashga haqli. Berilgan barcha maxfiy axborot qat'iy maxfiylik shartlarida saqlanadi. Berilgan axborotni, shuningdek ishonchli deb e'tirof etilgan ochiq manbalardan olingan axborotni qayta ishlash va tahlil qilish "SAIPRO" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sug'urta kompaniyalari reyting baholash metodikasidan kelib chiqadi.

Reyting hisobitini tayyorlash. Reyting berish jarayonida taqdim etilgan kompaniya faoliyati to'g'risidagi axborotni tahlil qilish yakunlariga ko'ra "SAIPRO" kompaniyasi tahlilchilari batafsil reyting hisobotini tayyorlaydi.

Reyting berish. Sug'urta kompaniyasi ishonchliligiga ta'sir qiluvchi barcha omillar muhokama etilganidan so'ng "SAIPRO" kompaniyasi reyting berish darajasi to'g'risida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror to'g'risidagi axborot, shuningdek uning asosi (reyting hisoboti) kompaniyaga yetkaziladi.

Reytingni chop etish. Dastlabki berilgan reytingni chop etish to'g'risidagi qaror faqat sug'urta kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Reytingni ma'lum qilish to'g'risidagi qaror kompaniya tomonidan qabul qilinsa, "SAIPRO" kompaniyasi ommaviy axborot vositalarida axborotni (shuningdek reyting hisobotini) chop etadi. Sug'urta kompaniyasi uni qoniqtirmaydigan reyting chop etilishini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. U holda reyting baholash natijalari maxfiyligicha qoladi.

Reyting monitoringi. Reyting berilgach, "SAIPRO" kompaniyasi sug'urta kompaniyasi reytingni ma'lum qilishga rozi bo'lishi yoki rozi bo'lmasligidan qat'i nazar kompaniya holatining doimiy monitoringini olib borishi mumkin. Sug'urta kompaniyasining ishonchliligiga jiddiy sur'atda ta'sir qilishi mumkin bo'lgan biror-bir holat yuzaga kelsa, kompaniya faoliyati qo'shimcha tahlil qilinadi va uning natijalariga ko'ra reyting o'zgartirilishi mumkin.

VALUTA KURSLARI
  29.08.2017 05.09.2017
EUR/UZS 4966.88 9645.48
RUB/UZS 71.18 139.91
USD/UZS 4210.35 8100.00
KOMPANIYALAR REYTINGLARI
Kompaniya Reyting
Kafolat uzА++
O'zbekinvest uzА++
Alskom uzА+
Asia Inshurans uzА+
Gross Insurance uzА+
BOZOR YETAKCHILARI
2014 yilning 4-choragi  
mukofotlar bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 22.9%
O'zbekinvest 17.1%
Kafolat 11.8%
Kapital Sug'urta 7.5%
Alskom 7.0%
to'lovlar bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 23.0%
O'zbekinvest 18.5%
O'zbekinvest Hayot 14.1%
Kafolat 14.0%
Agro Invest Sug'urta 8.1%
shartnomalar soni bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zbekinvest 55.9%
O'zagrosug'urta 14.0%
Kafolat 7.2%
Kapital Sug'urta 6.5%
Gross Insurance 4.6%

Страховой каталог INS.ORG.RU

Biz haqimizda  |  Aloqalar  |  Qoidalar  |  Reklama  |  Ma'lumotlar Mahfiyligi
Copyright © 2008 — 2018, UzReport
UzReport'ning yozma ravishdagi ruhsatisiz sayt materillarini barcha
shakllarda tashkil etish va tarqatish qat'iyan man etiladi