UzReport Insurance - Sug'urta - O'zbekiston yangiliklari: sug'urta kompaniyalar reytingi, sug'urta bozori

русский english o'zbekcha

O'zbekiston
Intervyu
Tahlil
Professional ishtirokchilar
Sug'urta kompaniyalari
Qayta sug'urtalovchi kompaniyalar
Sug'urta brokerlari
Assistans hizmatlari
Uyushmalar
Aktuariy
Adjasterlar
Sug'urta xizmatlari
Regionlar
Tasnifchilar
Kompaniyalar reytingi
Reyting hisobotlari
SAIPRO reyting faoliyati
Reyting metodikasi
Milliy shkala
Ma'lumotlar
Yillik hisobotlar
Reestr
Sug'urta kompaniyalari
FJMS bo'yicha Fond
Me'yoriy hujjatlar
FJMS kal'kulyatori
Qonunchilik
Qonunlar
Qarorlar
Boshqalar
Sug'urta terminlari lug'ati
Tashkent International Insurance Forum
Ishtirok etish uchun ariza 2011
"Oltin soyabon"
Qoida
Nominatsiya
Tashkiliy qo'mita
Ekspert kengashi
G'oliblar
2010 yil g'oliblari
2009 yil g'oliblari
2008 yil g'oliblari
2007 yil g'oliblari
FJMS
Video arhiv


SAIPRO reyting faoliyati  
Hozirgi vaqtda reyting xizmatlari bozori qaror topish bosqichida turibdi. Klassik reyting – bu xo'jalik subyektning mijozlar va investorlar oldida o'z majburiyatlarini to'liq va o'z muddatida bajara olishini va tayyorligini baholash demakdir.

Respublikada reyting xizmatlari bozori shuddat bilan rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy jarayon qatnashchilarining korxonaning moliyaviy holati va tadbirkorlik faoliyati to'g'risida xolis va ishonchli axborot olishga bo'lgan qiziqishi jiddiy ravishda oshdi.

Bozor munosabatlarining barcha subyektlari – mulkdorlar (aksiyadorlar), investorlar, banklar, birjalar, yetkazib beruvchilar, xaridorlar, sug'urta kompaniyalari va boshqalar o'z hamkorlari va mijozlarining raqobatbardoshligi va ishonchliligini baholashdan manfaatdordir. XX asr boshida ushbu vazifani hal qilishni yengillashtiruvchi vosita kashf etildi. So'z reyting haqida bormoqda.

Sug'urta bozori taraqqiyotining bugungi bosqichida sug'urta tashkilotlari faoliyatining axborot jihatidan ochiq-oshkoraligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki iste'molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun ularning u yoki bu sug'urta tashkilotining moliyaviy holati to'g'risida xabardorligi va bunday ochiq axborot asosida sug'urtalovchini tanlash imkoniyati muhim ahamiyatga ega. Shuningdek sug'urtalovchilar, baholovchilar, ta'sischilar va qayta sug'urtalovchilar uchun ham bunday axborot zarurdir.

"SAIPRO" kompaniyasi 1999 yilda ta'sis etilgan. Bugungi kunda bu kompaniya biznes g'oyalaridan tortib to ularni ro'yobga chiqarishga qadar keng ko'lamli konsalting xizmatlarini ko'rsatuvchi professional jamoaga aylandi. 2004 yildan boshlab "SAIPRO" kompaniyasi yangi "O'zbekiston kompaniyalari reytingi" yo'nalishini o'z faoliyatining asosiy turlari qatoriga kiritdi.

Ushbu yo'nalishda "SAIPRO" kompaniyasi umumiy sug'urta sektorida "O'zbekiston sug'urta kompaniyalari reytingi" loyihasini amalga oshirishni boshladi. Moliyaviy barqarorlik va ishonchlilikni belgilab beruvchi mezonlar bo'yicha sug'urta kompaniyalariga reyting berish loyihaning maqsadi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "SAIPRO" kompaniyasida moliyaviy tahlil va reyting bilan shug'ullanuvchi departament tashkil etilgan.

Ta'kidlash lozimki, aynan "SAIPRO" kompaniyasi O'zbekistonda ilk marotaba milliy reyting shkalasini ishlab chiqdi va joriy etdi. Xalqaro reyting shkalalaridan "SAIPRO" kompaniyasi metodikasining farqi shundan iboratki, baholash shkalasi O'zbekiston Respublikasiga qaratilgan.

Ta'kidlash lozimki, tajriba ortib borgan sari va reyting sug'urta kompaniyalari takliflari va tilaklari, ko'rsatichlari soni kompaniyadagi metodika singari doimo takomillashib boradi. Agarda avvalgi yillarda reytingda 3 yoki 4 sug'urta kompaniyalari qatnashgan bo'lsa, hozirgi vaqtda reytingda o'ndan ziyod kompaniyalar ishtirok etmoqda.

"SAIPRO" kompaniyasining sug'urtalovchilarni reyting baholash metodikasi sug'urtalovchilar faoliyatining muhim mezonlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, kelib chiqqan muammolarni hal qilish yo'llarini aniqlash imkonini beradi, bu esa barcha mahalliy kompaniyalar uchun dolzard ahamiyatga ega.

"SAIPRO" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sug'urta kompaniyalari ishonchliligini reyting baholash metodikasining asosiy prinsipi har bir ko'rib chiqilayotgan omillar bo'yicha uning ko'rsatkichlarini milliy sug'urta bozori bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlarga taqqoslashga va to'lov imkoniyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlashga asoslangan. Bunday yondashuv "ideal" xususiyatlarni inkor etgan holda mavjud sharoitlarda eng ishonchli kompaniyalarni aniqlash imkonini beradi.

Quyidagilar "SAIPRO" kompaniyasi ustuvor tomonlari hisoblanadi:

• komaniya moliya bozori qatnashchilari va davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir, bu esa ko'rsatiladigan xizmatlar sifatida aks etishi shubhasiz;

• kompaniya potensial mijozlar va investorlar bilan o'tkaziladigan muzokaralar jarayonida foydalanishi mumkin bo'lgan har bir emitent uchun batafsil reyting hisobotini tayyorlaydi;

• kompaniya reyting tashkilotlarining ijobiy nufuzi shakllanishiga va reyting xizmatlarini ommalashtirishga ko'maklashgan holda OAVda reytinglar va reyting hisobotlarini chop etadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, sug'urtalovchi reytingi ishonchlilikni ifodalab qolmay, balki mohiyatan quvvatli PR-vositasi hisoblanadi, chunki u keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Boz ustiga aynan reyting sug'urtalovchi barqaror portfelga ega ekanligidan, uning faoliyati ochiq-oshkora va kompaniya sug'urta bozorida zamonaviy sug'urta kompaniyalari singari faoliyat olib borishga tayyorligidan dalolat beradi.

VALUTA KURSLARI
  29.08.2017 05.09.2017
EUR/UZS 4966.88 9645.48
RUB/UZS 71.18 139.91
USD/UZS 4210.35 8100.00
KOMPANIYALAR REYTINGLARI
Kompaniya Reyting
Kafolat uzА++
O'zbekinvest uzА++
Alskom uzА+
Asia Inshurans uzА+
Gross Insurance uzА+
BOZOR YETAKCHILARI
2014 yilning 4-choragi  
mukofotlar bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 22.9%
O'zbekinvest 17.1%
Kafolat 11.8%
Kapital Sug'urta 7.5%
Alskom 7.0%
to'lovlar bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 23.0%
O'zbekinvest 18.5%
O'zbekinvest Hayot 14.1%
Kafolat 14.0%
Agro Invest Sug'urta 8.1%
shartnomalar soni bo'yicha
Kompaniya Belgisi
O'zbekinvest 55.9%
O'zagrosug'urta 14.0%
Kafolat 7.2%
Kapital Sug'urta 6.5%
Gross Insurance 4.6%

Страховой каталог INS.ORG.RU

Biz haqimizda  |  Aloqalar  |  Qoidalar  |  Reklama  |  Ma'lumotlar Mahfiyligi
Copyright © 2008 — 2018, UzReport
UzReport'ning yozma ravishdagi ruhsatisiz sayt materillarini barcha
shakllarda tashkil etish va tarqatish qat'iyan man etiladi